«Ayolni ulug’lash – millatni ulug’lash demakdir»

O’zDSMI Fmfilialida 8- mart xotin qizlar kuniga bag’ishlangan «Ayolni ulug’lash – millatni ulug’lash demakdir» nomli bayram dasturi tashkil etildi. Filial direktori Shamsiddin Usmonov jamoadagi barcha xotin qizlarni bayram bilan tabriklab ularga esdalik sovg’a salomlar topshirishdi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Jo’raxon Po’latov ham jamoa ayollarini bayram bilan tabriklab duoga qo’l ochdilar. Bayram ko’tarinki kayfiyat, kuy-qo’shiqlar va o’yin kulgular bilan davom etdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan