Ibratdan ibrat olaylik

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 5-ta tashabbusi va “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida ulkan hissa qo’shishi shubhasizdir.
Kitob, avvalo yosh avlod ong-u shuurida ona tiliga hurmat va ehtirom, o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat, uning taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik tuyg’ularini mustahkam qaror toptirishning eng asosiy omillaridan biridir.
Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy e’tiborda.
Ana shunday ilmparvar insonlardan biri Is’hoqxon To’ra Ibratdir.
Is’hoqxon Junaydullaxo’ja o‘g’li Ibrat (1862—1937) tilshunos olim, tarixchi va noshirlik bilan shug`ullangan jadidchi muallim edi. Ibrat Namangan shahridan uncha uzoq bo‘lmagan To’raqorg’on qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi.U yoshligidan ilm-u ma’rifatga oshno bo’lib, 1907- yilda o`z hovlisida maktab ochadi, maktab uchun esa o`quv qurollari va darsliklar zarur bo`lgan. 1908-yil Namangan uyezdi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida o`z bosmaxonasi “Matbaai Is`hoqiya”ga asos solib darsliklar, o`quv qo`llanmalari va husnixat yozish namunalarini nashr etadi.
Bu ishlari esa o’sha davrda yurt ravnaqi uchun amalga oshirilgan yuksak ishlardan biri edi. Chunki Ibrat ushbu harakatlari bilan ma’rifatchilik targ’ibotiga ulkan hissa qo’shgan.
“Ibrat domlaning Vatan va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolmoqda. Yoshlarimiz shunga munosib, yurt koriga yaraydiganinsonlar bo‘lib voyaga yetishlari kerak”,– deydi davlatimiz rahbari Sh.Mirzioyyev.
Bugungi kunda Is’hoqxon Ibratning amalga oshirgan ezgu ishlari yuksak baholanib, qadrlanib prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’tiborga olinib, uning yorqin xotirasi uchun Namangan viloyatida keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali jamoasi va talabalari ham Ibrat domlaning muborak qadamjolarini ziyorat qilib, ushbu jonkuyar insonning bosib o’tgan yo’li, qilgan ishlari bilan yaqindan tanishib qaytdilar.

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan