Kitob mutolaasi – tafakkur xazinasi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 23-aprel “Xalqaro kitob kuni” munosabati bilan  “Kitob – insonning qalb nuri” kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda filial professor-o‘qituvchilari, kutubxonachilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Unda ARM xodimlari tomonidan kitoblar tarixi va u haqidagi maqollar, qadimgi bitiklar, yoshlar talabiga mos bo’lgan to’plamlar xususida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ko’rgazma davomida turli kitoblardan tuzilgan tezkor savollar bilan professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar bilimi yana bir bor tekshirib ko’rildi.
O’sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi maqsadlarni o’zida mujassam etgan mazkur ko’rgazma talaba-yoshlarning munosib ishtirok etgani fililada kitobxonlik targ’iboti yaxshi olib borilayotganining ifodasi bo’ldi.
Kitob – insonni kamolot sari  yetaklaydi. Kitobga do’st tutingan, unga mehr qo’ygan insondan yomonlik chiqmaydi. Shu bois ARM xodimlari bu kabi tadbirlarni tez-tez tashkillab, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shishni maqsad qilganlar.

   

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan