«Munojot» kontsert dasturidan lavhalar

Qo’qon musiqali drama teatrida Qo’qon xalqaro hunarmandchilik festivaliga hamda Yoshlar kuniga bag’ishlangan «Munojot» nomli hayriya kontserti bo’lib o’tdi. Qo’qon musiqali drama teatrida faoliyat yuritayotgan yosh ist’edodli hushovoz honanda Nilufarxon Usmonova o’zining diltortar qo’shiqlari bilan muhlislar tomonidan olqishga sazovor bo’lishdi. O’zbek, Rus, Hind, Frantsuz, Arab, Afg’on va Azarbayjon xalqlarining sara qo’shiqlari jonli ijrolarda ijro etildi. O’zDSMI Fmfiliali maqom yo’nalishi bo’yicha o’qituvchi Azizbek Talaboev, filialning Ashula va raqs yo’nalishi 1- bosqich talabasi Sherzod Qurbonboevlar kontsert dasturidan o’rin olgan qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan Bek vokal guruhi har bir qo’shiqlarga jo’rovoz bo’lishdi. O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Shamsiddin Usmonov ushbu kontsert dasturini badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi rejissyori vazifasida jonkuyarlik ko’rsatishdi. Kontsertda O’zDSMI Fmfiliali jamoasi, QDPI jamoasi, TTU FmF jamoasi, Qo’qon shahar 12- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shahrimiz mehmonlari va san’at shaydolari tashrif buyurishdi.

 

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan