2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limiga 2019 yil 15 iyundan 15 iyilgacha bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limiga 1 iyuldan 31 iyulgacha o’tkaziladi. Filialda 2019/2020 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qishga qabul qilinmoqda:

Abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish filial o’quv binosining A1-2 auditoriyasida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish uchun filial xodimlaridan 5 nafar operator jalb qilingan, internet tarmog’iga ulangan 5 dona kompyuter va printerlar bilan ta’minlangan.

Binoda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun jami 4 ta maslahat xonalari tashkil qilingan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Murojaatlarga tezkor javob berish uchun aloqa markazi (call center) o’rnatilgan tartibda tashkil qilingan, 1 nafar xodim buyruq asosida jalb etilgan, 1 ta stasionar telefon va 15 ta internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan. Kasbga yo’naltirivchi bukletlar, qabulga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to’liq ta’minlangan.

Maslahatchilar qabul va ta’lim jarayoni bilan bog’liq normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, seminarlar o’tkazildi. Abiturientlar uchun barcha qabul jarayoni bilan bog’liq axborotlar e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan