Ilmiy kengash jarayoni

O’zDSMI Fmfiliali majlislar zalida filial ilmiy Kengashining 11 – sonli yigi’lishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari tomonidan chiqqan buyruqlar yuzasidan O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Shamsiddin Usmonov so’zga chiqishdi. 2018 – 2019 o’quv yilining yakuniy masalalari bo’yicha filialning direktor o’rinbosarlari so’zga chiqishib bajarilgan ish rejalar, dars soatlari, yillik davomat, tartib intizom, talabalarning o’zlashtirgan bilim saviyasi, Prezidentimiz tomonidan ko’tarilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha ot’kazilgan chora – tadbirlar yuzasidan hisobot berishdi. Yig’ilish so’ngida O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Sh. Usmonov yil davomida halol mehnat qilgan, jonkuyarlik ko’rsatgan faol va ilg’or ishchi hodimlarga, murabbiy ustoz o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan