5- Muhim tashabbus amalda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 – muhim tashabbuslari biz uchun har jabhada dasturul amal vazifasini o’tab kelmoqda. 2019 yil 29 – iyul kuni O’zbekiston Milliy gvardiyasi Qo’qon shahar bo’limi shaxsiy tarkibi ishtirokida O’zDSMI Fmfilialida kompyuter savodxonligi hamda kitob mutolaasi va uning kishi ma’naviyatida tutgan o’rni xususida davra suhbat amalga oshirildi, amaliy mashg’ulotlar olib borildi. Unda ARM rahbari Ikromjon Habibjonov shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylarga kitob mutolaasi, uning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos o’rni haqida so’zlab o’tdi. Filialning matbuot kotibi Ilhomjon Hasanov esa bugungi kundagi butun dunyoni qamrab olgan o’rgimchak to’ri – internet va uning insonlar ongiga salbiy ta’siri haqida fikr – mulohazalar bildirdi. Abduaziz Parpiyev esa harbiy xizmatchilarga kompyuter savodxonligi yuzasidan o’zining ko’rsatmalarini berdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan