O’zDSMI FMFiliali 2 yoshda

O’zDSMI Fmfilialida bugun quvonchli shodiyona. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning «O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-3218- sonli qarori bilan aynan Qo’qon shahrimizda Farg’ona vodiysida yagona hisoblangan O’zDSMI Fmfiliali o’z faoliyatini boshlagan kunga ikki yil to’ldi. Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlaridan iqtidorli, qobiliyatli, ist’edodli san’atsevar talabalar filialiamizda tahsil olishmoqda. Ikki yil mobaynida yo’nalishlarimiz kengaydi, imkoniyatlarimiz oshyabdi, safimiz yanada ko’paymoqda. Shu o’rinda o’z jonkuyarligi, halolligi, to’g’riso’zligi bilan hurmatga sazovor bo’lgan, ahil jamoani boshqarib kelayotgan O’zDSMi Fmfiliali direktori, dotsent Shamsiddin Usmonovni va barcha jamoa a’zolarini, ustoz murabbiylarni, bilimga chanqoq talabalarimizni ikki yoshli tavallud kunlari bilan tabriklab qolamiz. O’zDSMI Fmfiliali matbuot kotibi Ilhomjon Hasanov.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan