Hashar – elga yarashar

O’zDSMI Fmfilialida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda. Mustaqilligimizning 28 yilligi oldidan yurtimizning barcha viloyatlarida, shahar va tumanlarda, mahallalar, o’quv maskanlarida, zavod va fabrikalar, deyarli hamma joylarda obodonlashtirish jarayonini televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boryapmiz. Darhaqiqat аzal – azaldan mehnatkash o’zbek xalqi uchun ommaviy hasharlar, yig’inlar uyushtirish qadimiy an’anaga kirib qolgan. Ota- bobolarimiz o’tgan qadamjoylar, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ariq va zibrlar har haftada hashar yo’li bilan tozalanib kelingan. Kattayu kichik bir- biriga mehr oqibatli, g’amxo’r bo’lishgan. Ko’z tegmasin tinchlik hukm surayotgan mustaqil obod yurtimizda ushbu milliy qadriyatlarimiz hamon davom etmoqda. Yana bir bor umumxalq xayriya hasharida ezgu niyatlar ila qatnashayotgan yurtdoshlarimizga hormanglar deb qolamiz.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan