Festivalga tayyorgarlik ayni avjida

Qo’qon shahrimizda o’tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag’ishlangan tadbirga Respublikamizning barcha viloyatlaridan Musiqali drama teatr aktyorlari, Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishlari bo’yicha honandalar, sozandalar, raqqosalar, elimiz suygan san’atkorlar katta bir jamoa bo’lib yuqori kayfiyat bilan tayyorgarlik ko’rishmoqda. Shular qatori O’zDSMI Fmfiliali direktori, dotsent Shamsiddin Usmonov boshchiligida murabbiylar va talabalarimiz ham mana bir necha kundan beri festivalga astoydil hozirlik ko’rishmoqda. Respublikamizda o’tkazilayotgan katta tadbirlarni sahnalashtiruvchi rejissyor Rustam Dinamovich Shamsiddinov boshchiligidagi rejissyorlar jamoasi ilk bor shahrimizda o’tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag’ishlangan tadbirni butun dunyoga namoyish etish niyatidalar. Omad yor bo’lsin.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan