Call center va Konsultatsiya xonalari tashkil etildi.

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun Call center va Konsultatsiya xonalari o’z ish faoliyatini boshladi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyun kunidagi №87-03-1990-sonli xatiga muvofiq O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini ta’minlash uchun Call center va Konsultatsiya xonalari tashkil etildi. Call center va Konsultatsiya xonalariga filialning tajribali xodimlari biriktirildi.

Call center telefon raqamlari:
☎️ (73) 543-50-11
☎️ (73) 543-50-12

Konsultatsiya xonasi telefon raqami:
☎️ (73) 543-46-30

Institut web-sayti:
🌎 www.dsmi-qf.uz

Telegram grupasi:
 https://t.me/uzdsmifmfqabul20

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan