#OCHIQ_MULOQOT

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ximmatov Davlat Axatqulovich iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda guruh murabbiylari bilan ochiq muloqot va davra suhbati o‘tkazdi.
1️⃣ Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbati davomida ularni qiziqtirayotgan masalalar va qiynayotgan muammolar aniqlandi.
2️⃣ Talaba-yoshlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflari qabul qilindi.
3️⃣ Professor-o’qituvchilar, guruh murabbiylari yordamida talabalar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflari atroflicha tahlil qilindi.
4️⃣ Tahlillar asosida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va tanlagan yo’nalishlari bo’yicha amaliy mashg‘ulotlarni yanada boyitish ishlarini tashkil etish yuzasidan yangi tavsiyalar, takliflar nazarga olindi.
Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan