#axborot_murabbiylik_soati

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida, haftaning har juma kunlari yo’lga qo’yildan «Axborot-murabbiylik soati» mashg’ulotlarida odob-axloq, ma’naviy va ma’rifiy mavzularga oid ma’ruzalar, davra suhbatlari, videoroliklar, badiiy hamda hujjatli filmlar namoyishi doimiy tarzda tashkil etilmoqda.
✅ Bugungi «Axborot-murabbiylik soati»da filial talabalari uchun ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish, ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish, Suriya va Afg’onistonda faoliyat yuritayotgan ekstremistik va terrorchilik guruhlari, ularning vahshiyona xunrezliklari haqida tasvirga olingan «Tazarru» nomli yangi hujjatli film namoyish etildi.
Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan