Muhim uchrashuv

✅ Bugun 2021 yilning 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi.

✅ Vazir o‘rinbosari filialda mavjud yo‘nalishlar, talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar, rekonstruksiyadan chiqqan va zamonaviy raqamli texnikalar bilan jihozlangan o‘quv va ijod xonalarini ko‘zdan kechirdi.

✅ Tashrif mobaynida filial professor-o‘qituvchilari bilan san’at va madaniyatni yanada yuksaltirish hamda rivojlantirish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✅ Bahodir Ahmedov o‘z so‘zida bugungi o‘zbek san’ati va sahnasida buyuk ustozlar Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, Sora Eshonto‘raeva, Hamza Umarov kabi buyuk aktyorlarning yaratgan maktabi, yoki taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev singari, ularning izdosh shogirdlari, iqtidor egalari yetishmayotganligi haqida kuyinib gapirdi. Shuningdek, yosh mutahassis ijodkor talabalarni har tomonlama etuk kasb egasi bo’lib yetishlarida «Ustoz-shogird» an’anasini keng yo‘lga qo‘yish, elimiz ardog‘idagi mashhur san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini ko‘proq tashkil etish to‘g‘risida talab va bir qator takliflar berdi.

✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

✅ Rasmiy veb sayt: www.dsmi-qf.uz.
http://dsmi-qf.uz/category/uncategorized-uz/
✅ Telegram kanal: t.me/uzdsmifmf
Facebook sahifasi: facebook.com/dsmi.fmf.14
✅ Instagram sahifasi: www.instagram.com/dsmifmf/?hl=ru
✅ You tube kanal: www.youtube.com/channel/UCMSJ-vC2pC4yS4-kh4NL2uQ

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan