«Muqimiy tanovori»

Qo’qon shahar musiqali drama teatrida buyuk adib Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Muqimiy tanovori» nomli sahnalashtirilgan konsert dasturi bo’lib o’tdi.

✅ Konsert dasturi Qo’qon shahar musiqali drama teatri ijodkorlari hamda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali professor-o’qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

✅ Dasturda filial qoshida tashkil etilgan «Yangi O’zbekistonning yoshlar ansambli» jamoasi tomonidan Farg‘ona uslubiga xos bo’lgan «Tanovor»lar turkumidan o’zbek xalq qo’shiqlari va jozibali raqslar ijro etildi.

✅ Konsert dasturi davomida O’zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullayeva ijrosidagi «Tojixon» obrazi va talabalarimiz namoyish etishgan turli sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Konsert dasturini tayyorlaganlar:

✅ Rejissyor: v.b professor SHAMSIDDIN USMONOV

✅ Badiiy rahbar: O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi KARIM YULDASHEV

✅ Musiqiy rahbar: O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi, dotsent AHMADJON ABDURAHIMOV

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan