«Hemis dasturi va unda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish»

🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida professor-o‘qituvchilar uchun qishki ta’til davrida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, Kredit modul tizimida dars jarayonlarini tashkil etish bo’yicha olib borilayotgan o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
✅ Bugungi navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti «Hemis dasturi va unda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish» mavzusi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
✅ Mashg‘ulotni filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov olib bordi.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.
Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan