Seminar-trening mashg‘ulotlar davom etmoqda

🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari uchun qishki ta’til davrida o’tkazilayotgan o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
✅ Bugungi navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti «Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining me’yoriy va uslubiy ta’minoti» mavzusi ostida bo‘lib o‘tdi.
✅ Shuningdek, seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» gi №-5847-sonli Farmoni
✅ O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
824-sonli Qarori
✅ Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021 yil 15 yanvardagi №30-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyati bilan to’liq tanishib chiqildi.
✅ Mashg‘ulotni filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov olib bordi.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.
Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan