«Sevimli» telekanali bizning mehmonimiz

O’zDSMI Fmfilialiga O’zbekiston Teleradiokompaniyasining » Sevimli » telekanali ijodkorlari tashrif buyurishdi. Ular filialimiz bilan, o’tkazilayotgan ijodiy imtihonlar bilan yaqindan tanishib O’zbekiston xalq artisti, O’zDSMI Fmfiliali fahriy professori, ustoz san’atkor Shafoathon Rahmatullaeva bilan suhbat o’tkazishdi. Ushbu tayyorlangan ko’rsatuvni tez kunlarda » Sevimli » telekanali orqali ko’rishingiz mumkin.

5- Muhim tashabbus amalda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 – muhim tashabbuslari biz uchun har jabhada dasturul amal vazifasini o’tab kelmoqda. 2019 yil 29 – iyul kuni O’zbekiston Milliy gvardiyasi Qo’qon shahar bo’limi shaxsiy tarkibi ishtirokida O’zDSMI Fmfilialida kompyuter savodxonligi hamda kitob mutolaasi va uning kishi ma’naviyatida tutgan o’rni xususida davra suhbat amalga oshirildi, amaliy mashg’ulotlar olib borildi. Unda ARM rahbari Ikromjon Habibjonov shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylarga kitob mutolaasi, uning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos o’rni haqida so’zlab o’tdi. Filialning matbuot kotibi Ilhomjon Hasanov esa bugungi kundagi butun dunyoni qamrab olgan o’rgimchak to’ri – internet va uning insonlar ongiga salbiy ta’siri haqida fikr – mulohazalar bildirdi. Abduaziz Parpiyev esa harbiy xizmatchilarga kompyuter savodxonligi yuzasidan o’zining ko’rsatmalarini berdi.

Ijodiy imtihonlar jarayoni

O’zDSMI Fmfilialida 1. Musiqali teatr aktyorligi. 2. Musiqali teatr rejissyorligi. 3. Qo’g’irchoq teatri aktyorligi. 4. Ashula va raqs. 5. Folklor va etnografiya yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirgan abituriyentlarlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi. Abituriyentlarlarning ota – onalari ijodiy imtihon jarayonini jonli tarzda kuzatib borishmoqda.

Ijodiy imtihonlar FTV va Bog’dod televideniyasi orqali tasvirga olindi

O’zDSMI Fmfilialiga Farg’ona Davlat Teleradiokompaniyasi va Tohir – Bog’dod televideniyasining ijodiy guruhi tashrif buyurishdi. Filialiamizda ijodiy imtihonlar jarayoni qay tarzda o’tkazilayotganligi bilan yaqindan tanishib chiqishdi va mahsus ko’satuv tayyorlashdi. Tez kunlarda ushbu tayyorlangan ko’rsatuvni oynai – jahon orqali ko’rishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun konsultatsiya mashg’ulotlari

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida Musiqali teatr aktyorligi, Musiqali teatr rejissyorligi, Qo’g’irchoq teatri aktyorligi, Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishlariga 2019/2020 o’quv yili uchun xujjat topshirgan abiturientlarlar etiboriga filial professor-o’qituvchilari tomonidan ijodiy kirish imtixonlar bo’yicha konsultativ maslahatlar berish tashkil etildi. Abituriyentlarlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga bevosita javoblar olishlari mumkin.

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 jarayoni avjida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qaroriga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 360-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va zirining 2019 yil 4-iyundagi 340-sonli va 2019 yil 18 iyundagi 364-sonli buyruqlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 12 iyundagi 523-sonli buyrug’i va Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom asosida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayonlari tashkil etildi.

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limiga 2019 yil 15 iyundan 15 iyilgacha bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limiga 1 iyuldan 31 iyulgacha o’tkaziladi. Filialda 2019/2020 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qishga qabul qilinmoqda:

Abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish filial o’quv binosining A1-2 auditoriyasida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish uchun filial xodimlaridan 5 nafar operator jalb qilingan, internet tarmog’iga ulangan 5 dona kompyuter va printerlar bilan ta’minlangan.

Binoda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun jami 4 ta maslahat xonalari tashkil qilingan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Murojaatlarga tezkor javob berish uchun aloqa markazi (call center) o’rnatilgan tartibda tashkil qilingan, 1 nafar xodim buyruq asosida jalb etilgan, 1 ta stasionar telefon va 15 ta internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan. Kasbga yo’naltirivchi bukletlar, qabulga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to’liq ta’minlangan.

Maslahatchilar qabul va ta’lim jarayoni bilan bog’liq normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, seminarlar o’tkazildi. Abiturientlar uchun barcha qabul jarayoni bilan bog’liq axborotlar e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan.

Yakuniy nazorat test imtihonlar jarayoni

O’zDSMI Fmfiliali ARM o’quv zalida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha 2 – bosqich talabalari o’quv yilining so’ngida Kompyuter grafikasi fanidan yakuniy nazorat test imtihonini topshirdilar.

 

Yakuniy ijodiy imtihonlar

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari o’quv yilining so’ngida o’z mutahassisliklari bo’yicha «Aktyorlik mahorati» fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbek va jahon adabiyoti klassik asarlaridan joy olgan sahna chiqishlari yuksak mahorat ila ijro etildi va shu bilan birga ijobiy baholandi. Imtihonda O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan san’at arbobi K. Yo’ldoshev, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist J. Po’latov va filialimizning boshqa ustoz murabbiylari qatnashdilar.

 

 

Raqs fanidan yakuniy imtihon

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari Raqs san’ati fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Sh. Usmonov va boshqa filial ustoz san’atkorlari imtihonda ishtirok etishdi.