Yakuniy ijodiy imtihonlar

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari o’quv yilining so’ngida o’z mutahassisliklari bo’yicha «Aktyorlik mahorati» fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbek va jahon adabiyoti klassik asarlaridan joy olgan sahna chiqishlari yuksak mahorat ila ijro etildi va shu bilan birga ijobiy baholandi. Imtihonda O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan san’at arbobi K. Yo’ldoshev, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist J. Po’latov va filialimizning boshqa ustoz murabbiylari qatnashdilar.

 

 

Raqs fanidan yakuniy imtihon

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari Raqs san’ati fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Sh. Usmonov va boshqa filial ustoz san’atkorlari imtihonda ishtirok etishdi.

Yakuniy ijodiy imtihonlar

O‘zDSMI Fmfilialida «Musiqali teatr aktyorligi» yo’nalishi 1-bosqich talabalari «Aktyorlik mahorati» fanidan 2-semestr so’ngida yakuniy nazorat imtihonini topshirdilar. Imtihonda O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan san’at arbobi Karim Yo’ldoshev, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi A.Azizov va boshqa ustoz murabbiylar qatnashdilar.

 

 

“Sport – sog’liq garovi” shiori ostida boshlangan sport tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 30.04.2019 yildagi №87-04-866-sonli xati  ijrosi yuzasidan 2019 yil may oyi respublikamizda “Sport oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2019 yil 3 may kuni  filialda  sport oyligining  ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

   

Inson xotira tuyg’usi bilan barhayotdir

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o’tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro’-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo’shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati filialimizda 3 may kuni Qo’qon shahar Milliy gvardiya harbiy qism  bilan hamkorlikda bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda shahrimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va harbiy sohada hizmat qilgan insonlar ishtirok etdilar.

       

Adabiyot kunlari

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi №87-04-736-sonli xati ijrosi yuzasidan filialda tashkil etilgan “Adabiyot kunlari” doirasida “O’zbekiston Qahramoni – taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharifiddinovning 90 yilligi va O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 65 yilligi” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Kitob mutolaasi – tafakkur xazinasi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 23-aprel “Xalqaro kitob kuni” munosabati bilan  “Kitob – insonning qalb nuri” kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda filial professor-o‘qituvchilari, kutubxonachilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Unda ARM xodimlari tomonidan kitoblar tarixi va u haqidagi maqollar, qadimgi bitiklar, yoshlar talabiga mos bo’lgan to’plamlar xususida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ko’rgazma davomida turli kitoblardan tuzilgan tezkor savollar bilan professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar bilimi yana bir bor tekshirib ko’rildi.
O’sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi maqsadlarni o’zida mujassam etgan mazkur ko’rgazma talaba-yoshlarning munosib ishtirok etgani fililada kitobxonlik targ’iboti yaxshi olib borilayotganining ifodasi bo’ldi.
Kitob – insonni kamolot sari  yetaklaydi. Kitobga do’st tutingan, unga mehr qo’ygan insondan yomonlik chiqmaydi. Shu bois ARM xodimlari bu kabi tadbirlarni tez-tez tashkillab, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shishni maqsad qilganlar.

   

Ibratdan ibrat olaylik

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 5-ta tashabbusi va “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida ulkan hissa qo’shishi shubhasizdir.
Kitob, avvalo yosh avlod ong-u shuurida ona tiliga hurmat va ehtirom, o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat, uning taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik tuyg’ularini mustahkam qaror toptirishning eng asosiy omillaridan biridir.
Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy e’tiborda.
Ana shunday ilmparvar insonlardan biri Is’hoqxon To’ra Ibratdir.
Is’hoqxon Junaydullaxo’ja o‘g’li Ibrat (1862—1937) tilshunos olim, tarixchi va noshirlik bilan shug`ullangan jadidchi muallim edi. Ibrat Namangan shahridan uncha uzoq bo‘lmagan To’raqorg’on qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi.U yoshligidan ilm-u ma’rifatga oshno bo’lib, 1907- yilda o`z hovlisida maktab ochadi, maktab uchun esa o`quv qurollari va darsliklar zarur bo`lgan. 1908-yil Namangan uyezdi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida o`z bosmaxonasi “Matbaai Is`hoqiya”ga asos solib darsliklar, o`quv qo`llanmalari va husnixat yozish namunalarini nashr etadi.
Bu ishlari esa o’sha davrda yurt ravnaqi uchun amalga oshirilgan yuksak ishlardan biri edi. Chunki Ibrat ushbu harakatlari bilan ma’rifatchilik targ’ibotiga ulkan hissa qo’shgan.
“Ibrat domlaning Vatan va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolmoqda. Yoshlarimiz shunga munosib, yurt koriga yaraydiganinsonlar bo‘lib voyaga yetishlari kerak”,– deydi davlatimiz rahbari Sh.Mirzioyyev.
Bugungi kunda Is’hoqxon Ibratning amalga oshirgan ezgu ishlari yuksak baholanib, qadrlanib prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’tiborga olinib, uning yorqin xotirasi uchun Namangan viloyatida keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali jamoasi va talabalari ham Ibrat domlaning muborak qadamjolarini ziyorat qilib, ushbu jonkuyar insonning bosib o’tgan yo’li, qilgan ishlari bilan yaqindan tanishib qaytdilar.

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Tomoshabinlar e’tirofiga sazovor ijrochi

2019 yil 15 aprel kuni filialning majlislar zalida «Xalqaro baxshichilik san’ati» festivali doirasida o’tkazilayotgan Respublika ko’rik tanlovi tomoshabinlar e’tirofiga sazovor ijrochi nominatsiyasida g’oliblikni qo’lga kiritgan «Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya» yo’nalishi 1-kurs talabasi Jo’rayeva Gulruxsorni filial tomonidan taqdirlash marosimi o’tkazildi.

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Adolat qilichi…

Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli va jamoat arboblari, olimlar va adiblar o’z ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyatiga, rivojlanishiga  qo`shgan  munosib ulushini yuksak e’tirof etib kelishdi.

2019-yil 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Qo’qon shahrida ham ko’tarinki  ruh bilan nishonlandi. Qo’qon shahar musiqali drama teatrida bo’lib o’tgan bu tadbirni shahar hokimi M.A.Usmonov ochib berdi va ushbu kun bilan hammani qutladi. Yoshlarimizning bu ulug’ zotga munosib vorislar bo’lib kamol topishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali jamoasi ham Qo’qon shahri aholisini ushbu kun bilan munosib tabrikladi. Ular A.Samad, Sh.Rizayev asarlari asosidagi, Sh.Usmonov loyihasi asosida tayyorlangan Adolat qilichi… nomli spektaklini namoyish etishdi. Talabalarining teatrlashtirilgan kompozitsiyasi ulug’ bobomizning hayot yo’li, o’y-fikrlari, qurgan saltanati haqida chuqur falsafiy ma’no-mazmun kasb etgan holda sahnalashtirilgandir. Badiiy rahbar O’zbekiston san’at arbobi K.Yo’ldoshev rahbarligida tayyorlangan ushbu asar Amir Temurning adolatli shoh va yengilmas sarkarda ekanligi, uning zafarli yurishlari haqida e’tirof etadi.

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali