Ingliz tilida o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlar o’tkazilmoqda

✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida professor-o‘qituvchilar uchun qishki ta’til davrida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, kredit-modul tizimida dars jarayonlarini tashkil etish maqsadida o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o’tkazilib kelinmoqda.
✅ Aynan bugungi mashg‘ulot ham filial professor-o‘qituvchilarining xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishi, xususan ingliz tilida o‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talafuzzini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.
✅ «Modal verbs» mavzusi boyicha o’tkazilgan o’quv seminar-trening mashg‘ulotni «Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik» kafedrasining ingliz tili o‘qituvchisi Sadoqatxon Sharipova olib bordi.
✍️ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

TABRIKLAYMIZ

✨TABRIKLAYMIZ✨

🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali jamoasi nomidan betakror rejissyor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, «Madaniyat va san’at fidokori» ko’krak nishoni sohibi Karim Yuldashevning muborak 82 yillik tavallud topgan kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz.

✅ Karim Yuldashev 1940 yil 15 – yanvar kuni Namangan viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik san’at institutining rejissyorlik fakultetini tugatgan. 1965-1975 yillarda Namangan teatrida bosh rejissyor, so‘ngra direktor vazifasida, 1975-1986 yillarda Qashqadaryo teatrida bosh rejissyor lavozimlarida ishlab kelgan.

✅ Karim Yuldashev tomonidan «Sarvqomat dilbarim», «Layli va Majnun», «Alpomish», «Qatag‘on», «G‘ariblar», «Sohibqiron Temur» kabi bir necha spektakllar sahnalashtirilgan.

✅ Ayni damda rejissyor Karim Yuldashev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, «Teatr san’ati» kafedrasini faxriy professor-o’qituvchisi vazifasida faoliyat yuritmoqda. Filialning «Musiqali teatr aktyorligi» hamda «Musiqali teatr rejissyorligi» yo‘nalishi talabalarning sevimli ustozi.

✅ O‘zbek teatrchilik san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan, minglab munosib aktyorlarni elga tanitgan, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin inson Karim Yuldashevga mustahkam sog‘lik, tinchlik-hotirjamlik hamda dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz.

✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

🏛 Jonajon yurtimizning qadrli mard o’g’lonlari, barchangizni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali jamoasi nomidan 14-yanvar – «Vatan himoyachilari kuni» hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
✅ Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan mustaqilligimizni asrash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.
✅ Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy quvonch, baxt tilaymiz, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda el-yurtimizning yuksak mehri, ishonchi doimiy yor bo‘lsin!

Seminar-trening mashg‘ulotlar davom etmoqda

🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari uchun qishki ta’til davrida o’tkazilayotgan o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
✅ Bugungi navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti «Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining me’yoriy va uslubiy ta’minoti» mavzusi ostida bo‘lib o‘tdi.
✅ Shuningdek, seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» gi №-5847-sonli Farmoni
✅ O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
824-sonli Qarori
✅ Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021 yil 15 yanvardagi №30-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyati bilan to’liq tanishib chiqildi.
✅ Mashg‘ulotni filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov olib bordi.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

«Hemis dasturi va unda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish»

🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida professor-o‘qituvchilar uchun qishki ta’til davrida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, Kredit modul tizimida dars jarayonlarini tashkil etish bo’yicha olib borilayotgan o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
✅ Bugungi navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti «Hemis dasturi va unda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish» mavzusi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
✅ Mashg‘ulotni filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov olib bordi.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

O’quv seminar-trening mashg‘ulotlar davom etmoqda.

 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari uchun qishki ta’til mobaynida Kredit-modul tizimida dars jarayonlarini tashkil etish boʻyicha seminar-trening mashgʻulotlari davom etmoqda.
✅ Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha seminar-trening mashg‘ulotlarida barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, mazkur tizim bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqdalar.
✅ Mashg’ulotni filialning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Akmaljon Sattorov olib bormoqda.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

Ingliz tilida o‘qish mahoratini rivojlantirish

✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida professor-o‘qituvchilar uchun qishki ta’til davrida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish maqsadida o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o’tkazilib kelinmoqda.
✅ Aynan bugungi mashg‘ulot ham filial professor-o‘qituvchilarining xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishi, xususan ingliz tilida o‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talafuzzini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.
✅ O’quv seminar-trening mashg‘ulotini «Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik» kafedrasining ingliz tili o‘qituvchisi Sadoqatxon Sharipova olib bordi.
✍ O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

Diqqat e’lon

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan barcha sanʼatsevar, sanʼatga ishtiyoqmand talabalar oʼrtasida onlayn tarzda “Eng yaxshi cholg’u ijrochisi” koʼrik-tanlovi oʼtkazilishini eʼlon qiladi.

✅ Tanlovda bastakorlik asari va xalq qo’shiqlaridan namunalar ijro etilishi belgilanadi.

✅ Tanlovda bir dona bastakorlik asari va bir dona xalq kuyi tanlab olinadi va ijro etiladi. Ishtirokchilar har bir ijroning davomiyligi 5 daqiqadan oshmaydigan ikkita videorolikni +998999121284 telegram raqamiga yuborishlari kerak bo’ladi. Videoroliklar 2022 yil 10 yanvardan 2022 yil 20 yanvargacha qabul qilinadi. Yuborilgan videoroliklar xakamlar tomonidan 22 yanvar kuniga qadar baholanadi va gʼoliblar aniqlanadi.

🏆 G’oliblarda tegishli diplom va estalik sovg’alari taqdim etiladi.

Tanlov gʼoliblari 2022 yil 24 yanvar kuni 🌏 http://dsmi-qf.uz saytida eʼlon qilinadi.

Diqqat e’lon

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan barcha sanʼatsevar, sanʼatga ishtiyoqmand talabalar oʼrtasida onlayn tarzda “Eng yaxshi yakkaxon ijrochi” koʼrik-tanlovi oʼtkazilishini eʼlon qiladi.

✅ Tanlovda bastakorlik asari va xalq qo’shiqlaridan namunalar ijro etilishi belgilanadi.

✅ Tanlovda bitta bastakorlik asari va bitta xalq qo’shig’i tanlab olinadi va ijro etiladi. Ishtirokchilar har bir ijroning davomiyligi 5 daqiqadan oshmaydigan ikkita videorolikni +998999891424 telegram raqamiga yuborishlari kerak bo’ladi. Videoroliklar 2022 yil 10 yanvardan 2022 yil 20 yanvargacha qabul qilinadi. Yuborilgan videoroliklar xakamlar tomonidan 22 yanvar kuniga qadar baholanadi va gʼoliblar aniqlanadi.

🏆 G’oliblarda tegishli diplom va estalik sovg’alari taqdim etiladi.

Tanlov gʼoliblari 2022 yil 24 yanvar kuni 🌏 http://dsmi-qf.uz saytida eʼlon qilinadi.

Diqqat e’lon

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan barcha sanʼatsevar, sanʼatga ishtiyoqmand talabalar oʼrtasida onlayn tarzda “Eng yaxshi masal ijrochisi” koʼrik-tanlovi oʼtkazilishini eʼlon qiladi.

✅ Tanlovda S.Mixalkov, I.Krilov, Ya.Qurbon, S.Аbduqahhor, M.Hudoyqulov masallaridan foydalanish tavsiya etiladi.

✅ Tanlovda yuqorida nomlari qayd etilgan avtorlardan faqatgina bittasining masali tanlab olinadi va ijro qilinishi mumkin. Ishtirokchilar har bir ijroning davomiyligi 5 daqiqadan oshmaydigan videorolikni +998905505994 telegram raqamiga yuborishlari kerak bo’ladi.

✅ Videoroliklar 2022 yil 10 yanvardan 2022 yil 20 yanvargacha qabul qilinadi. Videoroliklar xakamlar tomonidan 22 yanvar kuniga qadar baholanadi va gʼoliblar aniqlanadi.

🥇 1-oʼringa – 500 ming so’m
🥈 2-oʼringa – 300 ming so’m
🥉 3-oʼringa – 200 ming so’m

Tanlov gʼoliblari 2022 yil 24 yanvar kuni 🌏 http://dsmi-qf.uz saytida eʼlon qilinadi.