Axborot resurs markazi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialini tashkil etish to’g’risida”gi (2017 yil, 16 avgust, PQ-3218) qarori asosida Filial Axborot resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot resurs markaziga aylantirildi. 2011-yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-aprel “Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi PQ-280-sonli qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi asosida ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali Axborot resurs markazi direktori sifatida Ikromjon Habibjonov faoliyat olib bormoqda.

Email: mybooks91@mail.ru

Telegram: @filial_arm

74 total views, 1 views today