Axborot texnologiyalari markazi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialining Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3218-son qaroriga asosan tashkil qilingan va hozirda o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Markaz О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga; vazirliklar va yuqori tashkilotlarning meyoriy hujjatlariga; mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yong‘in xafsizligi qoidalari va meyorlariga; filial ustaviga; markaz tо‘g‘risidagi qoidalar; filial direktorining buyruq va kо‘rsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.

Markazning faoliyatini belgilab beruvchi strategik yо‘nalish sifatida filialning kompyuter va informatsion infrastrukturasini tashkil etishni, ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalar va masofadan о‘qitish tizimini joriy etish vazifalarini kо‘rsatish lozim.

Markazga Yaponiyaning Ritsumeikan Universiteti magistri Turg’unboyev Rashid rahbarlik qiladi.

Markaz filialning о‘quv-boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya faoliyatni texnik-uslubiy jihatdan kuzatib, bu jarayonning izchil, samarali bо‘lishini ta’minlaydilar. Markaz mutaxassislari ishtirokida axborot-resurs markazi faoliyatini avtomatizatsiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda. Filial professor-о‘qituvchilari tayyorlagan ta’limiy vositalar markaz yordamida ZiyoNET  ta’lim portaliga joylashtiriladi. Filial sayti ham markaz xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda markaz filial hujjatlari tizimini avtomatizatsiyalashtirish va о‘quv jarayoniga masofadan о‘qitish texnologiyalarini joriy etish ustida ish olib bormoqdalar.

300 total views, 1 views today