Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik

O’zDSMI Fmfiliali Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan ijodiy guruh ustozlar yordamida Qo’qon shahrimizda o’tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag’ishlangan tadbirga ayni hunarmandchilikga doir bo’lgan xalq ijodiyoti laparlaridan kuy qo’shiqlarni o’rganishmoqda.

 

Milliy gvardiya bilan ijodiy uchrashuvlar

O’zDSMI Fmfilialida O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’qon shahar bo’limi harbiylari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilgan. Filialning Ashula va raqs yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalardan Mirzaqulov Jasurbek va Turg’unboev Donyorjon vatanimiz qo’riqchilariga diltortar kuy qo’shiqlaridan ijodiy namunalar ijro etib berishdi.

 

 

«Sevimli» telekanali bizning mehmonimiz

O’zDSMI Fmfilialiga O’zbekiston Teleradiokompaniyasining » Sevimli » telekanali ijodkorlari tashrif buyurishdi. Ular filialimiz bilan, o’tkazilayotgan ijodiy imtihonlar bilan yaqindan tanishib O’zbekiston xalq artisti, O’zDSMI Fmfiliali fahriy professori, ustoz san’atkor Shafoathon Rahmatullaeva bilan suhbat o’tkazishdi. Ushbu tayyorlangan ko’rsatuvni tez kunlarda » Sevimli » telekanali orqali ko’rishingiz mumkin.

5- Muhim tashabbus amalda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 – muhim tashabbuslari biz uchun har jabhada dasturul amal vazifasini o’tab kelmoqda. 2019 yil 29 – iyul kuni O’zbekiston Milliy gvardiyasi Qo’qon shahar bo’limi shaxsiy tarkibi ishtirokida O’zDSMI Fmfilialida kompyuter savodxonligi hamda kitob mutolaasi va uning kishi ma’naviyatida tutgan o’rni xususida davra suhbat amalga oshirildi, amaliy mashg’ulotlar olib borildi. Unda ARM rahbari Ikromjon Habibjonov shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylarga kitob mutolaasi, uning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos o’rni haqida so’zlab o’tdi. Filialning matbuot kotibi Ilhomjon Hasanov esa bugungi kundagi butun dunyoni qamrab olgan o’rgimchak to’ri – internet va uning insonlar ongiga salbiy ta’siri haqida fikr – mulohazalar bildirdi. Abduaziz Parpiyev esa harbiy xizmatchilarga kompyuter savodxonligi yuzasidan o’zining ko’rsatmalarini berdi.

Ijodiy imtihonlar jarayoni

O’zDSMI Fmfilialida 1. Musiqali teatr aktyorligi. 2. Musiqali teatr rejissyorligi. 3. Qo’g’irchoq teatri aktyorligi. 4. Ashula va raqs. 5. Folklor va etnografiya yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirgan abituriyentlarlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi. Abituriyentlarlarning ota – onalari ijodiy imtihon jarayonini jonli tarzda kuzatib borishmoqda.

Ijodiy imtihonlar FTV va Bog’dod televideniyasi orqali tasvirga olindi

O’zDSMI Fmfilialiga Farg’ona Davlat Teleradiokompaniyasi va Tohir – Bog’dod televideniyasining ijodiy guruhi tashrif buyurishdi. Filialiamizda ijodiy imtihonlar jarayoni qay tarzda o’tkazilayotganligi bilan yaqindan tanishib chiqishdi va mahsus ko’satuv tayyorlashdi. Tez kunlarda ushbu tayyorlangan ko’rsatuvni oynai – jahon orqali ko’rishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun konsultatsiya mashg’ulotlari

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida Musiqali teatr aktyorligi, Musiqali teatr rejissyorligi, Qo’g’irchoq teatri aktyorligi, Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishlariga 2019/2020 o’quv yili uchun xujjat topshirgan abiturientlarlar etiboriga filial professor-o’qituvchilari tomonidan ijodiy kirish imtixonlar bo’yicha konsultativ maslahatlar berish tashkil etildi. Abituriyentlarlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga bevosita javoblar olishlari mumkin.

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 jarayoni avjida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qaroriga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 360-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va zirining 2019 yil 4-iyundagi 340-sonli va 2019 yil 18 iyundagi 364-sonli buyruqlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 12 iyundagi 523-sonli buyrug’i va Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom asosida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayonlari tashkil etildi.

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Ilmiy kengash jarayoni

O’zDSMI Fmfiliali majlislar zalida filial ilmiy Kengashining 11 – sonli yigi’lishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari tomonidan chiqqan buyruqlar yuzasidan O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Shamsiddin Usmonov so’zga chiqishdi. 2018 – 2019 o’quv yilining yakuniy masalalari bo’yicha filialning direktor o’rinbosarlari so’zga chiqishib bajarilgan ish rejalar, dars soatlari, yillik davomat, tartib intizom, talabalarning o’zlashtirgan bilim saviyasi, Prezidentimiz tomonidan ko’tarilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha ot’kazilgan chora – tadbirlar yuzasidan hisobot berishdi. Yig’ilish so’ngida O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Sh. Usmonov yil davomida halol mehnat qilgan, jonkuyarlik ko’rsatgan faol va ilg’or ishchi hodimlarga, murabbiy ustoz o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limiga 2019 yil 15 iyundan 15 iyilgacha bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limiga 1 iyuldan 31 iyulgacha o’tkaziladi. Filialda 2019/2020 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qishga qabul qilinmoqda:

Abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish filial o’quv binosining A1-2 auditoriyasida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish uchun filial xodimlaridan 5 nafar operator jalb qilingan, internet tarmog’iga ulangan 5 dona kompyuter va printerlar bilan ta’minlangan.

Binoda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun jami 4 ta maslahat xonalari tashkil qilingan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Murojaatlarga tezkor javob berish uchun aloqa markazi (call center) o’rnatilgan tartibda tashkil qilingan, 1 nafar xodim buyruq asosida jalb etilgan, 1 ta stasionar telefon va 15 ta internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan. Kasbga yo’naltirivchi bukletlar, qabulga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to’liq ta’minlangan.

Maslahatchilar qabul va ta’lim jarayoni bilan bog’liq normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, seminarlar o’tkazildi. Abiturientlar uchun barcha qabul jarayoni bilan bog’liq axborotlar e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan.