Qabul 2019 jarayoni avjida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qaroriga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 360-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va zirining 2019 yil 4-iyundagi 340-sonli va 2019 yil 18 iyundagi 364-sonli buyruqlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 12 iyundagi 523-sonli buyrug’i va Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom asosida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayonlari tashkil etildi.

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Qabul 2019 Qabul 2019

Ilmiy kengash jarayoni

O’zDSMI Fmfiliali majlislar zalida filial ilmiy Kengashining 11 – sonli yigi’lishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari tomonidan chiqqan buyruqlar yuzasidan O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Shamsiddin Usmonov so’zga chiqishdi. 2018 – 2019 o’quv yilining yakuniy masalalari bo’yicha filialning direktor o’rinbosarlari so’zga chiqishib bajarilgan ish rejalar, dars soatlari, yillik davomat, tartib intizom, talabalarning o’zlashtirgan bilim saviyasi, Prezidentimiz tomonidan ko’tarilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha ot’kazilgan chora – tadbirlar yuzasidan hisobot berishdi. Yig’ilish so’ngida O’zDSMI Fmfilial direktori dotsent Sh. Usmonov yil davomida halol mehnat qilgan, jonkuyarlik ko’rsatgan faol va ilg’or ishchi hodimlarga, murabbiy ustoz o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limiga 2019 yil 15 iyundan 15 iyilgacha bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limiga 1 iyuldan 31 iyulgacha o’tkaziladi. Filialda 2019/2020 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qishga qabul qilinmoqda:

Abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish filial o’quv binosining A1-2 auditoriyasida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha abiturientlar haqida ma’lumotlar to’plash va ro’yhatdan o’tkazish uchun filial xodimlaridan 5 nafar operator jalb qilingan, internet tarmog’iga ulangan 5 dona kompyuter va printerlar bilan ta’minlangan.

Binoda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun jami 4 ta maslahat xonalari tashkil qilingan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Murojaatlarga tezkor javob berish uchun aloqa markazi (call center) o’rnatilgan tartibda tashkil qilingan, 1 nafar xodim buyruq asosida jalb etilgan, 1 ta stasionar telefon va 15 ta internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan. Kasbga yo’naltirivchi bukletlar, qabulga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to’liq ta’minlangan.

Maslahatchilar qabul va ta’lim jarayoni bilan bog’liq normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, seminarlar o’tkazildi. Abiturientlar uchun barcha qabul jarayoni bilan bog’liq axborotlar e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan.

«Munojot» kontsert dasturidan lavhalar

Qo’qon musiqali drama teatrida Qo’qon xalqaro hunarmandchilik festivaliga hamda Yoshlar kuniga bag’ishlangan «Munojot» nomli hayriya kontserti bo’lib o’tdi. Qo’qon musiqali drama teatrida faoliyat yuritayotgan yosh ist’edodli hushovoz honanda Nilufarxon Usmonova o’zining diltortar qo’shiqlari bilan muhlislar tomonidan olqishga sazovor bo’lishdi. O’zbek, Rus, Hind, Frantsuz, Arab, Afg’on va Azarbayjon xalqlarining sara qo’shiqlari jonli ijrolarda ijro etildi. O’zDSMI Fmfiliali maqom yo’nalishi bo’yicha o’qituvchi Azizbek Talaboev, filialning Ashula va raqs yo’nalishi 1- bosqich talabasi Sherzod Qurbonboevlar kontsert dasturidan o’rin olgan qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Ashula va raqs, Folklor va etnografiya yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan Bek vokal guruhi har bir qo’shiqlarga jo’rovoz bo’lishdi. O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Shamsiddin Usmonov ushbu kontsert dasturini badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi rejissyori vazifasida jonkuyarlik ko’rsatishdi. Kontsertda O’zDSMI Fmfiliali jamoasi, QDPI jamoasi, TTU FmF jamoasi, Qo’qon shahar 12- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shahrimiz mehmonlari va san’at shaydolari tashrif buyurishdi.

 

Yakuniy nazorat test imtihonlar jarayoni

O’zDSMI Fmfiliali ARM o’quv zalida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha 2 – bosqich talabalari o’quv yilining so’ngida Kompyuter grafikasi fanidan yakuniy nazorat test imtihonini topshirdilar.

 

Yakuniy ijodiy imtihonlar

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari o’quv yilining so’ngida o’z mutahassisliklari bo’yicha «Aktyorlik mahorati» fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbek va jahon adabiyoti klassik asarlaridan joy olgan sahna chiqishlari yuksak mahorat ila ijro etildi va shu bilan birga ijobiy baholandi. Imtihonda O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan san’at arbobi K. Yo’ldoshev, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist J. Po’latov va filialimizning boshqa ustoz murabbiylari qatnashdilar.

 

 

Raqs fanidan yakuniy imtihon

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2- bosqich talabalari Raqs san’ati fanidan ijodiy imtihon topshirdilar. O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Sh. Usmonov va boshqa filial ustoz san’atkorlari imtihonda ishtirok etishdi.

«Sahna nutqi» fanidan yakuniy ijodiy imtihon

O’zDSMI Fmfilialida Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha 2- bosqich talabalari «Sahna nutqi» fanidan yakuniy ijodiy imtihon topshirdilar. Imtihonda O’zDSMI Fmfiliali direktori dotsent Shamsiddin Usmonov, O’zbekiston xalq artisti Sh. Rahmatullaeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi K. Yo’ldoshev va boshqa ustoz san’atkorlar ishtirok etishdi.

 

Kitob-bilim manbai

Kitob – bilim manbai. Qaysi soha vakili bo’lmasin, bolalikdan yoshi ulug’ buvijonu – bobosidan eshitgan ertak va hikoyalar, alifbe kitobidan tortib badiiy asarlar, romanlar, she’riy to’plamlarni o’z ichiga olgan ziyo maskani bu albatta kitobligi barchaga ma’lum. O’z DSMI Fmfilialida kitobxonlik savdo yarmarkasi tashkil etilgan. Kitobhonlar yangi nashrga chiqqan ilmiy, badiiy, she’riy to’plamdagi kitoblar bilan shahsiy kutubhonalarini boyitishlari mumkin

 

12- Mehribonlik uyida ijodiy uchrashuv

O’zDSMI Fmfiliali Musiqali teatr aktyorligi yo’nalishi bo’yicha 1- bosqich talabalaridan tashkil topgan ijodiy guruh Qo’qon shahrimizdagi 12- mehribonlik uyida teatrlashtirilgan qiziqarli ko’ngilochar badiiy chiqishlari bilan bolajonlarni hushnud etishdi.