Dekan

Talaboev Azizjon Nabijonovich

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” fakulteti dekani

MEHNAT FAOLIYATI

  • 2011-2013 yy. – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti
  • 2013-2014 yy. – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi
  • 2014-2016 yy. – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jo‘rnavozi
  • 2016-2018 yy.  – Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Pop tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi
  •  2018-2019 yy  – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” kafedrasi  o‘qituvchisi
  • 2019-2021 yy – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” kafedrasi  katta o‘qituvchisi
  • 2021-2022 yy  – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Xalq ijodiyoti” kafedrasi  dotsenti v.b.
  • 2022-2024 yy – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Xalq ijodiyoti” kafedrasi  mudiri vazifasini bajaruvchisi
  • 2024 y –x.v. – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” fakulteti dekani

Fakultet dekani lavozim vazifalari:

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, O‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, O‘quv rejalar, O‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O‘quv mashg’ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
  • Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishi va davlat attestasiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni O‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informasion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Fakultet  Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va x.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z xisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va h.k.), grantlar, investisiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
  • Bilishi kerak:
  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Xay’at Qarorlari, buyruqlari, filial direktori buyruqlarining moxiyatini bilishi, filialni yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
  • Malaka talablari:
  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Filialda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
  • Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Qabul kunlari:  Seshanba, payshanba, Shanba kunlari 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:  +998735434630

Elekton pochta:

Loading