Direktor murojaatnomasi

Xush kelibsiz!

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali 2017-yil 16- avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissorligi”, “Folklor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona-axborot faoliyati” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat xonalari, raqs va sahna harakatlari studiyalari, yakka mashg’ulotlar xonalari, axborot-resurs markazi, lingofon xonasi, kompyuter xonasi, ovoz yozish studiyasi, qo‘g‘irchoqlar yasash xonasi, grim xonasi, konferensiyalar zali talabalar o‘z bilim va mahoratlarini oshirishlari uchun faoliyat yuritmoqda.

Filialimizda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, faxriy professor Karim Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, filialning faxriy professori Shafoatxon Rahmatullayeva, O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti va Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning faxriy professori Yorqinoy Hotamova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning faxriy professori Jo‘raxon Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning faxriy professori Xursanoy Umarova, O‘zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi, filialning faxriy professori Rafiqjon Ahmedovlar talabalarga saboq berib kelmoqdalar.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialidan yetuk san’at va madaniyat sohasi xodimlarini yetishib chiqishiga ishonaman.

O‘zbekiston davlat san’at madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining direktori,

Loading