Direktorning o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Sattorov Akmaljon Ibroximovich

O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat  institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali. O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Mehnat faoliyati:

2001-2012 yy. – Qo‘qon tasviriy va amaliy san’at kolleji informatika fani o‘qituvchisi.           

2012- 2017 yy. – Qo‘qon tasviriy va amaliy san’at kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 

2017-2017 yy.- Qo‘qon turizm va servis kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.                                                                                                                             

2017-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat  institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali. O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

O‘quv ishlari bo‘yicha  direktor o‘rinbosari lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ- huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirshi;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishini tashkil etish;
  • O‘quv jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha institutning  Kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tay­yorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqilishni tashkil etish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima kilinishini, darslik, o‘quv-uslubiy majmualar ta’minoti bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish;
  • Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasni oshi­rish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va dasturlari bilan ta’minlash;
  • Uslubiy kengashga rahbarlik qi­lish, o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘quv uslubiy bo‘limlar, fakulь­tet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishiga rahbarlik qilish;
  • Talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy ish rejalari mazmuni bo‘yicha javob berish hamda bajarilishi ustidan nazorat olib borish va bajarilishini ta’­minlash;
  • O‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • O‘quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, muassasaning uslubiy komissiyasi kengash ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Ilmiy ishlar  va innovatsiyalar  bo‘yicha direktor  o‘rinbosari bilan birgalikda talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, talabalarni Pre­zident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish;
  • Talabalar bilimini baholashningzamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalarning bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish;
  • Fanlarni o‘zlashtira olmayotgan talabalarni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish, o‘qishdan chetlashtirilganlarni o‘rnatilgan tartibda qayta tiklash, tala­balarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini tashkil etish hamda nazoratini olib borish;
  • O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralar o‘quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tak­liflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni tashkil qilish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafe­dralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, kafedra mudiri va fakulьtet dekani lavozimlariga istiqbolli yoshlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • Pedagog kadrlar vakant lavozimlariga tanlov asosida ishga qabul qilishni tashkil etish, magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • O‘quv xonalaridan unumii foydalanish masalalari bo‘yicha takliflar ish­lab chiqish;
  • Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, dekanlarning talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish;
  • Muassasa Kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlash­ni tashkil qilish;
  • Talabalar amaliyotlarini tash­kil etish va o‘quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyasini tashkil etish;
  • O‘quv-uslubiy hisobotlarni bel­gilangan shakllarda rahbarga taqdim etish­ni ta’minlash;
  • O‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha kafedralar faoliyatini nazorat etish;
  • Mehnat va o‘quv intizomini bo‘zgan pedagoglarga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar va fakultetlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlab bo‘lgan mahaalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Institutda o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashki attestasiyaga tay­yorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari,  Kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.

Qabul kunlari:  xar kuni soat 10.00-13.00 gach

Telefon:  +99873 543-46- 30

Faks :  +99873 543-46- 30

Elekton pochta: sattorov_1979@mail.ru

101 total views, 5 views today