Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.2019 kungi 434-son qaroriga muvofiq ekologik savodxonligni oshirish, ekologik ong va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida bizning filialda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

   Talabalarga ekologik madaniyat va atrof-muhit muhofazasini yanada kengroq yoritish maqsadida 1-bosqichdan boshlab «Ekologik madaniyat» fani dars jarayoniga kiritilgan.

   Bundan tashqari filial hududi tozaligi va ekologik musaffoligini ta’minlash uchun har bir xodim o’z e’tiborini ayamaydi. Shu sababli ham muntazam tarzda atrof-muhit ozodaligini saqlab boriladi.