E’lonlar

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o’tkaziladigan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalaridagi tanlov e’lon qilinadi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o’tkaziladigan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalaridagi tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:
birinchi bosqich – oliy ta’lim muassasasining fakultetlari talabalari o’rtasida joriy yil may oyining birinchi o’n kunligida,
ikkinchi bosqich – oliy ta’lim muassasasi miqyosida fakultetlararo ularning g’oliblari o’rtasida may oyining uchinchi o’n kunligida,
uchinchi bosqich – respublika oliy ta’lim muassasalari g’oliblari o’rtasida joriy yil oktabr oyining uchinchi o’n kunligida.
Tanlovning mukofot fondi:
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o’tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar:
– birinchi o’rin uchun 2 000 000 (ikki million)  so’m,
– ikkinchi o’rin uchun 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so’m,
– uchinchi o’rin uchun 1000 000 (bir million) so’mni tashkil etadi
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o’tkaziladigan “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar:
– birinchi o’rin uchun 2 000 000 (ikki million)  so’m,
– ikkinchi o’rin uchun 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so’m,
– uchinchi o’rin uchun 1000 000 (bir million) so’mni tashkil etadi.

 


“Matsumae International” fondining grandi

Yaponiyaning “Matsumae International” fondi 49 yoshgacha bo’lgan fan nomzodi, PhD yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega, ingliz tili yoki yapon tilini yaxshi biladigan tadqiqotchilariga grand olish imkoniyatini beradi. Grand sohiblari Yaponiyada 2020 yilning aprel oyidan 2021 yilning mart oylari oralig’ida ilmiy izlanish o’tkazishlari mumkin. Bundan tashqari bir marotabalik borish/kelish aviachiptasi, tibbiy sug’urta va 220 ming yen oylik stipendiya berish ko’zga tutilgan. Hujjatlarni topshirish muddati 31 iyul 2019 yil.

Batafsil ma’lumotlani fondning rasmiy veb saytidan olish mumkin.


2019 yilning 10–15 sentyabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi

2019 yilning 10–15 sentyabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.

Logotipning o’ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.

Tanlovning mukofot fondi:

– birinchi o’rin uchun 7 000 000 (etti million)  so’m,

– ikkinchi o’rin uchun 2 000 000 (ikki million) so’m,

– uchinchi o’rin uchun 1000 000 (bir million) so’mni tashkil etadi.

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qo’mitasi e’tiboriga taqdim etiladi.

Tanlovga taqdim qilingan materiallar  2018 yilning 14 dekabr soat 14 00 gacha qabul qilinadi.

2019 yilning 15 yanvar kuni g’olib e’lon kilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.

Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi saytda  tanishib chiqishingiz mumkin. www.handicraftman.uz.

Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek, muloqot uchun ma’lumotlarni quyidagi elektron pochtaga jo’nating info@handicraftman.uz

Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-80-88

Tanlov Nizomi: http://handicraftman.uz/uz/node/224

Batafsil: https://www.facebook.com/ulugbek.abdullayev.toxirovich/


Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali ishga tushirildi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy @mvsso va @eduuz telegram kanallari ishga tushirildi. Ushbu kanallar orqali vazirlik yangiliklari berib boriladi.


2019-yilning 10−15-sentabr kunlari Qo’qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o’tkaziladi

Festival hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya 2019-yilning 10−15-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Festival doirasida Qo‘qondagi markaziy maydonning yon atrofida hunarmandchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlarini namoyish etish rejalashtirilgan.

Festivalga qolgan vaqtni tekshirish…


“Musiqali teatr aktyorining sahna nutqi va xonandalik mahoratini oshirish muammolari va yechimlari” mavzusidagi fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovatsion xamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy seminar

Seminar 2018 yil 24 noyabr kuni soat 11.00 da O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida o’tkaziladi.

Batafsil…


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada 2018/19 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari keltirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, endilikda oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi, EKIH oshgan sari to‘lov-kontrakt narxi ham oshadi.

Shu yilning 15 iyulidan boshlab prezident farmoniga ko‘ra budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 7 foizga oshiriladi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi – oyiga 184 300 so‘mni tashkil qiladi.

1 sentabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari

BAKALAVR

  1. – Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim;
    – Gumanitar fanlar;
    – Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
    – Sotsiologiya va psixologiya;
    – Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
    – Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
    – Ijtimoiy ta’minot;
    – Sport faoliyati;
    – Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 45 baravarigateng – 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming).
  2. – Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
    – Jurnalistika va axborot;
    – Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
    – Arxitektura va qurilish;
    – Xizmat ko‘rsatish sohasi;
    – Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 46 baravarigateng – 8 mln 477 ming 800 so‘m (ilgari 7 mln 250 ming).
  3. – San’at;
    – Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 50 baravarigateng – 9 mln 215 ming so‘m (ilgari 7 mln 900 ming).
  4. – Iqtisod;
    – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
    – Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 55 baravarigateng – 10 mln 136 ming so‘m (ilgari 8 mln 800 ming).
  5. – Jahon siyosati;
    – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
    – Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 60 baravarigateng– 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).

516 total views, 1 views today