Ichki nazorat va monitoring bo’limi

Ichki nazorat va monitoring bo’limi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlar, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlari, vazirlikning qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filialning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi. Kafedra va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’trifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlash, ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va filial bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning monitoringini tashkil qiladi.

Filialda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo’limiga va tegishli boshqarmalarga o’z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi. Bo’lim boshlig’i tomonidan topshirilgan barcha ishlarni o’z vaqtida sifatli bajaradi va axborot beradi.

Bo’limga Mirzayeva Ziyodaxon rahbarlik qiladi.

268 total views, 1 views today