Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Turgunboyev Rashidjon Muxtorovich

O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat  institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Mehnat faoliyati:

1998-2002 yy.  – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi

2002-2007 yy.  – Qo‘qon avtotransport kolleji informatika fani o‘qituvchisi

2007-2009 yy.  – Risumeikan universiteti talabasi

2009-2018 yy.  – Qo‘qon avtotransport kolleji informatika fani o‘qituvchisi

2018-2019 yy.  – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i

2019 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha  direktor o‘rinbosari lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha O‘z.DSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali  Kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, O‘z.DSMIning Farg‘ona mintaqaviy filialidagi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini O‘z.DSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda O‘z.DSMIning Farg‘ona mintaqaviy filialining barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talab va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti, Ibn Sino, Navoiy, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stependiya sovrindorlarini tayyorlash;
  • Tadqiqotchilikka qabul qilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Xorij mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, oliy ta’limga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘rnatilgan tartibda filialning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va xalqaro aloqalarga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkazi-ladigan ilmiy anjumanlarda muassasa professor-o‘qituvchilari va xodimlari-ning qatnashishini ta’minlash, filial ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • Filialda magistratura, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilik yoki katta ilmiy xodim-tadqiqotchilikni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda muassasa xodimla-rining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
  • Stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan Ibn Sino, Navoiy, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Filialda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari,   Kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-ho‘qo‘qiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.

Qabul kunlari:  xar kuni soat 10.00-13.00 gach

Telefon:  +99873 543-50-11

Faks:  +99873 543-50-11

Elektron pochta: atmdsmi@gmail.com

Loading