Ilmiy kengash

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ustoz va shogird an’analarining yo‘lga qo‘yilishi

      O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3218-sonli qarorining 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filialga bir qator san’at va madaniyat sohasining yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda faoliyat olib bormoqda. Soha vakillarining mashaqqatli va sharafli mehnatlarini yuksak baholash va rag‘batlantirish maqsadida filialning 2018-yil 30 oktyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan ilmiy kengashida Faxriy Professor unvoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial ilmiy kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbirni filial direktori Sh.Usmonov ochib berdi hamda san’at va madaniyat sohasida samarali mehnatlari bilan davlatimiz, xalqimiz e’zoziga erishgan bir qator soha vakillarini Faxriy Professor unvoni bilan taqdirlashdek yuksak va sharafli vazifani Turon fanlar akademiyasi akademigi M.Xadjayevga topshirdi. Faxriy Professor unvoni bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan San’at arbobi Karim Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti Shafoatxon Raxmatullayeva,  O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti va Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yorqinoy Hatamova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘raxon Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Xursanoy Umarova, O‘zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi Rafiqjon Ahmedovlar taqdirlandilar. Xalqimizning sevimli san’atkorlari, san’at xalqining fidoyi ijodkorlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Faxriy Professorlari so‘zga chiqdilar va bugungi e’tibor, hurmat uchun minnatdorchilik bildirdilar. O‘zbek san’atining rivoji va filial talabalarining yuksak cho‘qqilarga erishishlarida mehnat qilishdan, izlanishdan to‘xtamasliklarini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali 2021-2022 o‘quv yili uchun Ilmiy kengashi tarkibi

  1. Ximmatov Davlat Axatqulovich -rais, Filial direktori
  2. Asqarova Munojat Husanovna -a’zo,  Ilmiy kengash kotibi
  3. Sattorov Akmal Ibrohimovich – a’zo, O‘quv va tarbiyaviy ishlar  bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  4. Turg‘unboyev Rashid Muxtorovich – a’zo, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  5. Miliboyev Akbarali Azimovich – a’zo, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
  6. O‘taganov Ravshan Jurayevich – a’zo, Teatr san’at va xalq ijodiyoti fakulteti dekani
  7. Qurbonova Mukammalxon Ma’murovna – a’zo, “ Xalq ijodiyoti” kafedrasi mudiri
  8. Abdunazarov Zoxidjon Muhammadvaliyevich – a’zo, “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri
  9. Habibjonov Ikromjon Toshpo‘lat o‘g‘li – a’zo, “Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik” kafedrasi mudiri v.b
  10. Karim Yo‘ldashev – a’zo, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Namangan viloyati musiqali drama teatri rejissori
  11. Shafoat Rahmatullayeva – a’zo, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti
  12. Rahmonova Donoxon Ro‘zmatovna – a’zo, Axborot- resurs markazi direktori
  13. Xolmurodova Zulfizar – a’zo, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
  14. Mirzayeva Ziyodaxon Ahmedovna – a’zo, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi uslubchisi
  15. Mamatqulov Behzod Maxamatusmon o‘g‘li – a’zo, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
  16. Kuziboyev Rahmat Yuldashevich – a’zo,  Filial psixologi
  17. Xasanov Ilhomjon Bahramovich – a’zo,  Matbuot kotibi
  18. Abdullayeva Malohat Tojiaxmedovna – a’zo, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
  19. Tolipova Djamila Maqsudaliyevna – a’zo, Devonxona mudiri
  20. Qosimov Doniyor Rustamovich – a’zo,  Bosh hisobchi
  21. Muxtarov Hamzaxon Mahmudovich – a’zo, Sirtqi bo‘limi boshlig‘i
  22. Ismoilov To‘lqinjon Toshnazarovich – a’zo, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompaniyasi nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi
  23. Xushnazarov Faxriddin Raximonich – a’zo, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Loading