Marketing bo’limi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Marketing xizmatlari bo’limining vazifalari:

– Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.

– Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o‘zgarishini taxlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil omillar (segmentlar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni taxlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’ektlari–ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar – davlat va maxalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va x.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potentsial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

– Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi va maxsus sirtki ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish.

– Respublika va tegishli xududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.

– Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan xolda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

63 total views, 1 views today