O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining tarixi

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 16-avgustdagi  PQ-3218-son qaroriga asosan  milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

Loading