Reja-moliya bo’limi

Reja-moliya bo‘limi iqtisodchisi lavozimi vazifalari:

  • Filialning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashkari mablag‘larni harajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil etish;
  • Smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz yoki ortiqcha harajatga yul qo‘maslikni nazoratga olish.
  • Filial hududi va binolaridagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan ijara va kommunal to‘lov shartnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
  • Ijaraga oluvchilar tomonidan ijara va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
  • Filialning  Xodimlar bo‘limiga vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotni har oyning 30-sanasigacha topshirish;
  • Xodimlar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;
  • Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha institutning Buxgalteriya bo‘limiga xodimlar va professor-o‘qituvchilar keldi-ketdisi (stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish;
  • Shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1 -T (mehnat) shaklini tayyorlash va topshirish;
  • Filialda faoliyat ko‘rsatayotgan xodim  va professor-o‘qituvchilarning yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘laganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni yig‘ish;
  • Uzrli sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodim vazifalarini vaqtincha bajarib borish;
  • Bo‘lim faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa har xil topshiriqlarni bajarish.
  • Rejali hisobotlarni tayyorlash;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar harajatlar smetasini loyihasini tayyorlash;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil etish;
  • Smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz yoki ortiqcha harajatga yo‘l qo‘ymaslikni nazoratga olish.

Loading