Teatr san’ati kafedrasi

“Teatr san’ati” kafedrasi 2020 yil 1 mayda tashkil etilgan bo’lib, “Teatr san’ati” kafedrasi tarkibida professorlar, dosentlar, katta o’qituvchilar, o’qituvchilar, asistentlar hamda ilmiy izlanuvchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Bugungi kunda kafedrada 24 ta professor-o’qituvchilar faoliyat olib boradi.  Bulardan 1 nafar O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi,   1 nafar O’zbekiston xalq artisti, 1 nafar O’zbekiston xizmat ko’rsatgan artist, 1 nafar professor, 3 nafar dosent, 3 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi, 9 nafar stajyor-o’qituvchilardan iborat. Kafedrada “Musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissorligi”, “Qo’g’irchoq teatr aktyorligi”, “Qo’g’irchoq teatri rejissorligi”, “Drama teatri va kino aktyorligi” yo’nalishlarida talabalar tahsil olmoqda.

“Teatr san’ati” kafedrasi tomonidan “Ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot” faoliyatini tashkil etilishi va bajarilishi xolati bo’yicha ayni damda  ilmiy salohiyatni oshirish, bu boradagi ishlar sifatini ham son, ham sifat jihatdan qamrovini kengaytirish, professor-o’qituvchilar, talabalar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy jarayonlaridagi faoliyatlariga ko’mak berish maqsadida tizimli ishlar tashkil qilinib, salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Jumladan; shu kungacha kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan yuzga yaqin ilmiy maqolalar va 9 ta o’quv qo’llanma bitta elektron-darslik yaratilgan. Shu bilan birgalikda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida ta’lim olayotgan bo’lajak san’at ustalarining malakasini oshirishda mashhur san’atkorlar tomonidan o’tilayotgan mahorat darslari alohida ahamiyatlidir. Shu boisdan ham o’z kasbining mohirlari ta’lim dargohimizga jalb qilinib, ular ishtirokida mahorat darslari tashkillanmoqda va taniqli san’atkorlar talabalarimiz uchun san’at sirlarini o’rgatib kelmoqdalar. 2020-2021 o’quv yili yakunida Qo’qon musiqali drama teatrida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali, «Musiqali teatr aktyorligi» yo’nalishi 4 bosqich talabalari o’zlarining bitiruv malakaviy ishi bo’yicha davlat imtihonini himoya qilishdi.

Bitiruvchi talabalar imtihon jarayonida Uilyam Shekspirning «Qirol Lir fojeasi» spektaklini mohirona namoyish etishdi.

Mamatqulov Behzod Maxammadismon o‘g‘li

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri

MEHNAT FAOLIYATI

2007-2011 yillarda –  Toshkent davlat san’at instituti talabasi

2011-2011 yillarda –  Yakkasaroy tumanidagi madaniyat uyida rassom

2011-2013 yillarda –  O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi

2013-2013 yillarda –  “INTERNAL SECURITY” MCHJ qo‘riqchi

2013-2016 yillarda –  O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘quv teatrida o‘g‘irchoqlar bo‘yicha injener

2016-2017 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi.

2017-2017 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘quv teatrida qo‘g‘irchoqlar bo‘yicha injener.

2017-2020 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi.

2020-2021 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” fakulteti dekani o‘rinbosari

2021-2022 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” boshlig‘i

2022 yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri

 

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
  • Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
  • Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
  • Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
  • Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
  • Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTM rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
  • OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
  • Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yittt, o‘qitishni zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdot ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertasiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
  • OTM (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
  • OTMning axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqdardan foydalanish;
  • Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi

Kafedraning professor-o‘qituvchilari

Yuldashev Karim NishanovichProfessor

Rahmatullayeva Shafoat

Professor

Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich

Professor

Umarova Xursanoy  TeshaboevnaDosent

Akbarov Toshpo‘lat Toirovich

Dosent

Dehqonov Ravshan Davlataliyevich

Dosent

O‘taganov Ravshanbek Jo’rayevichDosent Boltaboyeva Umidaxon MansurjonovnaDosent
Haydarov Azizjon AxmadaliyevichKatta o’qituvchi Tursunova Gulsanam YusupbayevnaO’qituvchi G‘ofurova Bahora NazirovnaO’qituvchi Zununov Ravshan Po’latovichO’qituvchi
Po‘latov Rahmon SolijonovichO’qituvchi Qurbonov Murodjon MovlonovichO’qituvchi Saksanova Sarvinoz Zuxriddin qiziO’qituvchi Mamatqulov Behzod Maxammadismon o‘g‘liO‘qituvchi
Axmedov Zohirjon Zokirjon o’g’liO’qituvchi Xalilov Yunusali UsupovichO’qituvchi Madaliyev AbdurashidO‘qituvchi

Jo‘rnavozlar

Eshmatov LazizJo’rnavoz Nasriddinova DildoraJo’rnavoz G‘ofurov DostonJo’rnavoz
Jo‘rayeva Pirzodaxon YakubovnaJo’rnavoz

Loading