Teatr san’ati: Musiqali teatr aktyorligi

Kasb ta’rifi: Har qanday aktor faoliyati sahnada yaratilgan badiiy qiyofa sifatida namoyon bo‘ladi. Qiyofa yaratish uchun drama aktyori o‘zining hayotiy tajribasi, tashqi ko‘rinishi, harakatlaridan foydalansa, musiqa teatrining aktyori bulardan tashqari professional ijrodan foydalanadi. Biroq musiqa teatrida ashula va raqs yordamchi rolni bajaradi, rivojlantirish harakatlari uchun xizmat qilishadi. Shuning uchun musiqa teatri aktyori tomoshabinga tushunarli va maroqli bo‘lishi uchun u oddiy vokal timsol emas, balki kuylayotganda badiy qiyofa yaratishi zarur. Musiqa teatri aktyori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishi va doimo uni qo‘llab turishi kerak. Bundan tashqari, musiqa teatri aktyori xazil mutoibaga ega bo‘lishi, hushchaqchaq va ko‘ngilchan bo‘lishi lozim. Chunki bu san’at turi quvnoqlik va yorug‘likni talab qiladi.

Ish joylari: Bu mutaxassis opera va balet teatrlarda ishlashi, badiiy guruhlarda aktyorlik mahoratidan dars berishi va madaniyat markazlarida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislikka qaratilgan malakalar: Maxsus adabiyotlardan, o‘z san’ati yo‘nalishi bo‘yicha ham, badiiy ijodiyotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham tasavvurga ega bo‘lishi, foydalano olishi zarur; grim bo‘icha amaliy malakani bilishi va musiqa teatri tarihini bilish lozim.

Kasbning muhim sifatlari:

  • Ziyraklik;
  • Tasavur qilish;
  • Yaxshi ovoz sohbi bo‘lish.

Tibbiyotga oid qarshi ko‘rsatgichlar:

  • Ruhiy va asabiy kasallik;
  • Nutqiy nuqsonlar;
  • Tayanch dvigatel apparati kasaliklari;
  • Eshitish va ko‘rish qobiliyati susayishi.