Xodimlar bo’limi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialining xodimlar bo‘limi faoliyatida quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda:

  • Rahbariyatning topshirig‘i bo‘yicha o‘qituvchi-xodimlarni tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish va mehnat shartnomalarni bekor qilish masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihasini tayyorlash;
  • Rahbar lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash;
  • Mutaxassislarning malakasini oshirish jadvalini tuzish;
  • Yuqori tashkilotlar, vazirlik va idoralardan kelib tushgan xujjatlarni o‘z vaqtida bajarishni;
  • Mehnat intizomiga rioya qilinishi nazoratini olib borishni;
  • Ish yuritishni me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiq tashkil etish,  elektron xujjatlar almashuvini joriy etish;

Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bo‘lim quyidagilarni amalga oshiradi:

  • O‘qituvchi-xodimlarni lavozimga tayinlashda (boshqa lavozimga o‘tkazishda, lavozimidan ozod etishda) o‘rnatilgan tartibda xujjatlarni rasmiylashtiradi, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
  • Kadrlar tarkibini yaxshilash, kadrlar zahirasini tuzish uchun ularning ma’lumoti, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;
  • O‘qituvchi-xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • Filial o‘qituvchi- xodimlari hisobini olib boradi;
  • Mehnat daftarchalarga yozuvlar kiritadi, mehnat daftarchalarning saqlanishini ta’minlaydi, o‘qituvchi-xodimlarning mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi;
  • Attestatsiyani o‘tkazish ishlarini tashkil etadi, buning uchun zarur xujjatlarni tayyorlaydi, attestatsiya komissiya qarorlari bajarilishi nazoratini amalga oshiradi;
  • Pensiya yoshiga yetgan xodimlarga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
  • Bo‘lim vakolati doirasida kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, Xukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni har chorakda  Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek boshka statistik ma’lumotlarni tegishli idoralarga taqdim etadi;
  • Rahbariyatga ish yuritishni takomillashtirish, o‘qituvchi-xodimlarni rag‘batlantirish va ularga nisbatan jazo choralari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
  • Filialda kadrlar xizmati va ish yuritish bo‘yicha xodimlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

30 total views, 2 views today