Xorijiy fuqarolar

Kontrakt summasi

Xorijiy fuqarolar uchun yillik shartnoma summasi 26 400 000 so‘mni tashkil etadi.

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish

Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish uchun 15 iyundan 15 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O‘rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirishlari kerak.

Xorijiy fuqarolar bakalavriatga suhbat natijalari asosida qabul qilinadilar.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro‘yxatga asosan qabul qilinadi.

  1. Ismi, Sharifi, fuqaroligi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan rektor nomiga ariza;
  2. Milliy pasport kopiyasi;
  3. Xorijiy fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo‘lsa;
  4. Bakalavriat uchun – xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/sertifikatning o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
  5. Tibbiy ma’lumotnoma;
  6. Fotosurat (3,5 x 4,5) – 6 dona.

Xorijiy fuqarolar o‘qishga faqat to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to‘lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to‘lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga xorijiy fuqarolar to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi bank to‘lov topshiriqnomasi yoki kvitantsiyasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to‘g‘risida sertifikatni ham topshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to‘lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to‘lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to‘g‘risidagi sertifikat talab etilmaydi.

Loading