Mo’ynoqda «Qo’qon bog’i» yaratildi
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va ushbu institutning Nukus hamda Farg’ona mintaqaviy filiallari Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirish loyihasi ustida ish olib borayotgan edi. Qo’qon shahridan mevali daraxt ko’chatlari hamda terak qalamchalari Nukus shahriga yuborilgan.
Mo’ynoq tumani hokimi Saylao’bay Daniyarav taklifi bilan daraxt ko’chatlari va terak qalamchalari Mo’ynoq tumaniga maxsus hududga ekiladigan bo’ldi. Tuman hokimi va institut vakillari bu bog’ning ilk ko’chatlarini birgalikda o’tqazishdi. Tomonlarning roziligi hamda Mo’ynoq tumani hokimining qarori bilan bu bog’ «Qo’qon bog’i» deb atalmoqda. Hozirgi kunda bog’ga minglab ko’chatlarni ekishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali Boshlang’ich tashkiloti yoshlar yetakchisi
Habibjonov Ikromjon Toshpo’lat o’g’li, ARM direktori
O’zbekiston yoshlar ittifoqi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali boshlang’ich tashkilotidagi guruh yetakchilari
Nazirov Hasanjon Dilmurodjon o’g’li, 2-bosqich «Musiqali teatr aktyorligi» guruhi
Ismoilova Sadoqat Muzaffarjon qizi, 1-bosqich «Kutubxona-axborot faoliyati» guruhi
Mirzaqulov Jasur Sohibjon o’g’li, 1-bosqich «Ashula va raqs» guruhi
Tursunova Mashhura Ahmadjon qizi, 1-bosqich «Folklyor va etnografiya» guruhi
Abduvahobov Azizxon Nozimjon o’g’li, 1-bosqich «Musiqali teatr rejissyorligi» guruhi
Karimov Bobur Murodjon o’g’li, 1-bosqich «Musiqali teatr aktyorligi» guruhi
Yoshlar ittifoqi faollarining yig’ilishi
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda ushbu institutning Nukus va Farg’ona mintaqaviy filiali yoshlar yekakchilari, matbuot kotiblari 13.11.2018 kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o’zaro fikr almashishdi. Filiallar yetakchilari va matbuot kotiblarining O’zDSMIga tashrifi ushbu soha rivoji uchun samarali natijalarni berdi. Unda yoshlar yetakchilari Yoshlarga oid davlat siyosati, PF-5106, PQ-3138 va bu kabi ko’plab yoshlarga berilayotgan keng ko’lamli imkoniyatlarni OTMga qabul qilingan yangi talabalarga tushuntirish ishlari haqida kelishib olishdi.
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi faoliyati
Filial Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi faoliyati asosan talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy xayotini nazorat qilish hamda ularning iqtidorini ma’naviy – ma’rifiy mezonlar doirasida shakllantirishdan iborat.
Bo‘lim filialda iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir.
483 total views, 2 views today