Axborot resurs markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g’risida”gi (2017 yil, 16 avgust, PQ-3218) qarori asosida Filial Axborot resurs markazi o‘z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot- resurs markaziga aylantirildi. 2011-yil 23-fevral  “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot- resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 1487-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-aprel “Axborot kutubxona faoliyati to‘g’risida”gi PQ-280-sonli qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g’risida”gi farmoyishi asosida ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiRahmonova Donoxon Ruzmatovna

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg ‘ona mintaqaviy filiali Axborot- resurs markazi direktori.

                                              MEHNAT FAOLIYATI.

1995-2019 yillarda – Farg‘ona viloyati Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji o‘zbek tili  va adabiyoti fani o‘qituvchisi

2020 yildan – O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti  Farg‘ona mintaqaviy filiali Axborot- resurs markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

                Axborot–resurs markazi direkori lavozim vazifalari

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • OTM, viloyat va Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog’lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;
  • Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
  • Filial ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;
  • Axborot -resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
  • Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni zaruriy jihozlar,  texnik vositalarlar bilan, shuningdek,  kompyuterlashtirishni ta’minlash;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘g’ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
  • Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
  • Ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do‘konlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shug’ullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq filial va pochta orqali kitob jo‘natadigan do‘konlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlari o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.

Qabul kunlari: har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha

Telefon: +998903606397

Faks :

Elekton pochta: mybooks91@mail.ru

Telegram: @filial_arm

Loading