E’TIROF

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich barcha fidoyi ustozlarni bugungi shodiyona kun bilan samimiy tabrikladi hamda san’at sohasi bo’yicha Xalqaro va Respublika festivallari, ko’rik-tanlovlari, viloyat va shahar tadbirlarida munosib o’rinlarni egallagan professor-o’qituvchilar hamda ijodkor talabalarga «Tashakkurnoma», «Faxriy yorliq», «Diplom» hamda «Sertifikat» larni tantanali ravishda topshirdi. Tadbir so’ngida filial talabalari tomonidan Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 26-mart kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich 4-bosqich sirtqi bo’lim talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Samimiy ruhda o’tkazilgan muloqot davomida talabalar ta’lim jarayonidagi mavjud muammolar, ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan talab va takliflarini bildirdilar.

Talabalarning savollariga filial direktori Mirmuxsin Gapurov batafsil javob berdi hamda talaba-yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, talab va takliflarini ijobiy hal etishga, barcha mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda foydalanishini bildirdi.

Bugungi ochiq muloqot so‘ngida filial direktori barcha talabalarga o’qish mobaynida yuksak zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum aziz jamoadoshlar, muhtaram ustozlar va hurmatli talabalar. Barchangizni yangilanish va yasharish bayrami Navro‘zi olam bilan chin dildan muborakbod etaman!

Navro‘z – mehr-muruvvat, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri hamda qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu hurramlik olib kirishi bilan eng qadrli, aziz va suyukli bo’lgan milliy bayramdir.
Ushbu shodiyona kunlarda sizni quvonch va shodlik aslo tark etmasin!

GAPUROV MIRMUXSIN KAMOLDINOVICH

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori

TABRIKLAYMIZ

TABRIKLAYMIZ

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi mudiri, dotsent Umidaxon Boltaboyeva Farg‘ona viloyat kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o’tkazilgan «Bor mehrim onamga» nomli ko’rik-tanlovining «Tomoshabin mehrini qozongan eng yaxshi videorolik» nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich Umidaxon Boltaboyevaga jamoamiz nomidan samimiy tilaklarni bildirdi hamda «DIPLOM» va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

BAYRAM TABRIGI 

BAYRAM TABRIGI

Aziz opa-singillar, munis mushtipar onajonlar, hurmatli ustozlar va talaba qizlar. Barchangizni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali jamoasi nomidan bahor faslining unutilmas sanasi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman!

Har doim go‘zal, betakror, mehribon, latofatli bo’lib yuring, yaqinlaringiz baxtiga sog‘ va omon bo‘ling. Pokiza qalbingiz bahor gullariga to‘lsin, atrofingizda samimiy insonlar ko‘paysin. Mehr-muhabbat, quvonch sizlarni hech qachon tark etmasin!

GAPUROV MIRMUXSIN KAMOLDINOVICH

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori

G’oliblar taqdirlandi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich Professional ta’lim: «Cholg‘u ijrochiligi» yo’nalishi professor-o’qituvchilari hamda talabalarini «Tashkent grand Festival» Xalqaro ko’rik-tanlovida erishgan yutuqlari bilan tabrikladi.

«Intellektual izlanuvchi» xalqaro tanlovi g‘olibi Ehtiromxon Qudratullayeva

«Vertuoz» ansambl
Xalq cholg’ulari ansambli-kategoriya katta guruh
Ahmadjonov Diyorbek 2-o’rin
Muhammadalieva Muyassarxon 2-o’rin
Oripov Maqsadjon 2-o’rin
Mamasheva Malohat 2-o’rin
Yo’lchiev Abdulaziz 2-o’rin
Xudoyberdieva Mushtariy 2-o’rin

«Duet»
Ahmedova Nozima 2-o’rin
Yusupova Guljaxon 2-o’rin

«Yakkaxon»
Xalq cholg’ulari-kategoriya katta guruh
Soyibjonova Xanifa 2-o’rin

Fortepiano «Duet»
Fortepiano- kategoriya katta guruh
Rafiqov Sardorbek 3-o’rin
Shukurov Sohibjon 3-o’rin

O’qituvchilar: Rafiqjon Ahmedov, Mukammalxon Qurbonova, Muxtasarxon Ismoilova, Sarvarjon Azizov hamda Feruzbek Ne’matov.

TABRIKLAYMIZ

Bugun fevral oyining 23-sanasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professori, O’zbekiston xalq artisti Yorqinoy Hotamova tug’ilgan kun. Ustoz muborak 83 yoshga to’ldi.

Jamoamiz nomidan Yorqinoy Hotamovaga sihat-salomatlik, uzoq umr, hotirjamlik va ijodiy nurafshonlik tilaymiz.

PRESS TUR

PRESS TUR

Joriy yilning 22-fevral kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida «Vodiy» telekanali ijodkorlari tomonidan press tur tashkil etildi.

Filial Axborot resurs markazi 2017-yilda 630 dona turli adabiyotlar bilan tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib fond jamg’armasi 9000 dan oshdi. Ulardan 5000 dan ortig’i badiiy adabiyotlar, 2500 dan ortig’i o’quv adabiyotlari va 1500 dan ortig‘i esa ilmiy adabiyotlarni tashkil qiladi.

ARMda mavjud 15 ta kompyuterning barchasi internet tarmog’iga ulangan. Ularning bazasiga 16500 dan ortiq adabiyotlarning elektron shakllari hamda audio kitoblar joylangan. Shuningdek, 1526 nafar foydalanuvchilarga onlayn hamda oflayn tapzda xizmatlar ko’rsatilib kelinmoqda.

Bugungi press turning to’liq shakli tez kunlarda «Vodiy» telekanali orqali namoyish etiladi.

Filial matbuot xizmati

BOBURNI YOD ETIB

BOBURNI YOD ETIB

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida buyuk sarkarda, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  541 yilligiga bag’ishlangan «BOBURNI YOD ETIB» nomli zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

Zakovat intellektual o’yinida Bobur hayoti va ijodiga oid tuzilgan savollarga talabalar o’z bilimlariga tayangan holda javoblar topishdi.

O’yinga filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda professor-o’qituvchilar odilona hakamlik qilib borishdi.

Tadbir davomida filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli ijrosida adib g’azallariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar hamda jozibador raqslar ijro etildi.

Mahorat darslari

Mahorat darslari

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida mashhur va salohiyatli san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar hamda mahorat darslarini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Bugungi mehmonlarimiz O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Odiljon Nazarov, «Xalq cholg‘ularida ijrochilik» kafedrasi etakchi kontsertmeysteri Zamiraxon Soliyeva hamda konservatoriya talabalaridan D.Rabbimov va O.Davronovlar bo’lishdi.

Tashkil etilayotgan bu kabi ijodiy uchrashuv va mahorat darslari filialimiz professor-o’qituvchilari va talabalari uchun bilim, ko’nikma va mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati